Ortda qolgan turlar qiziqarli o'yinlarga boy bo'ldi. XlX milliy chempionatimiz yakunlanishiga ham bor yo'g'i beshta tur qoldi. Mana 21 ta tur qanday o'tib ketganini ham sezmay qolibmiz. Kelasi turlarning oldingilariga qaraganda ancha qiziqarli o'tishi kutilmoqda. Bunga sabablar ko'p. Asosiy sabablardan biri chempionlik uchun kurashayotgan "Paxtakor" va "Bunyodkor" jamoalarining oralaridagi farq 5 ochkoga yetgani hamda Oliy ligada jon saqlash uchun harakat qilayotgan jamoalarning yanada jon kuydurib maydonda to'p tepishlaridir. Qolgan jamoalar ham yuqori o'rinlar uchun kurashda bor kuchlari bilan harakat qilishini inobatga olsak, kelasi turlar haqiqatdan ham qiziqarli o'tishi aniq. Chempionatimiz turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan "Bunyodkor"ning Zarafshonda "Qizilqum"ga mag'lubiyati "Paxtakor"ning chempionlik uchun kurashishini avj oldirib yubordi. Hozirda ko'pchilik jamoamizga muhlis bo'lmagan muhlislarning nazdida go'yoki "Paxtakor" endi chempion bo'la olmaydigandek tuyulmoqda
. Ammo ular notog'ri o'ylashmoqda. Nima uchun shundayligini hozir keltirib o'taman. Avvalambor, ayni vaqtda "Paxtakor" ruhiy jihatdan "Bunyodkor"dan ancha ustun. Shu kichkinagina omil ham chempionat yakunida jamoamizga qo'l kelgan bo'lishi ham mumkin. Lekin jamoamizni qolgan turlarda ochko yo'qotmaydi deb bo'lmaydi. Huddi shu gapni "Bunyodkor" jamoasiga ham ishlatish mumkin. Hozirda peshqadamlik qilayotgan "qaldirg'ochlar" bo'lajak turlarda ochko yo'qotishini kutish mumkin oldingi turdagi kabi. "Paxtakor"ning chempion bo'lish yoki bo'lmasligi o'ylab qaraganda "Bunyodkor"ga bog'liq. Agar "qaldirg'ochlar" qolgan besh turda uch ochko yo'qotsa jamoamizni taqdiri o'z qo'lida qoladi. Aks holda... . 22-turda "Paxtakor" "Olmaliq" bilan Toshkentda, "Bunyodkor" Qarshida "Nasaf" bilan kuch sinashadi. Shu ikki o'yinda Toshkentning qaysi jamoasi ochko yo'qotadi deb o'ylaysizlar? Menimcha "qaldirg'ochlar"ning "sherlar"ga qaraganda ochko yo'qotish ehtimoli katta. "Nasaf" hozir turnir jadvalida 4-
o'rinni egallab turgan G'uzorning "Sho'rtan" jamoasidan bor yo'g'i ikki ochko oldinda bormoqda. 5-pog'onada turgan "Andijon"dan esa 5 ochko ko'proq jamg'arishgan. Shuni o'ylab "Nasaf"jamoasi o'z maydonida bor kuchlari bilan harakat qilishlari tayin. Aks holda "Bunyodkor" g'alabani o'ziniki qilib olishi va "Nasaf" 4-pog'onaga tushib ketishi mumkin. Shuning uchun qarshiliklardan g'alaba kutsak arziydi Zarafshonning "Qizilqum" jamoasi g'alabasiday. Jamoamiz esa "Olmaliq" ustidan g'alaba qozonishini kutsak bo'ladi. Chempionlik uchun kurashayotgan jamoaga g'alabalar suv va havodek zarurdir. 23-turda jamoamizni haqiqiy jiddiy uchrashuv kutib turibdi. Bu uchrashuv "sherlar"ni chempionlik uchun kurashishini yo to'xtatadi yo chempionlik kurashida davom ettirishida qo'l keladi. "Paxtakor" shu turni Andijonning "Andijon" jamoasiga qarshi safarda o'tkazadi. Vodiyliklar ayni damda uchinchi o'ringa ham ko'z tikib turishibdi. "Burgutlar" 23-turga qanday yetib borishlarini ahvolda hech kim
bilmaydi. Balki hozirgidan ham kuchayishar, yoki, buning aksi biroz kuchsizlanib qolishlari ham ehtimoldan holi emas. Lekin "Andijon" o'z maydonida har qanday raqibdan, qanday ahvolda bo'lishidan qat'iy nazar ochko ola biladi. Birinchi davrada "sherlar" "burgutlar"ni mehmon qilganda durang natija qayd etilgandi. Navbatdagi bo'ladigan o'yin esa juda-juda qiyin o'tishi tabiiy. Shu turda "Bunyodkor" "Lokomotiv"ni qabul qiladi. Ayni vaqtga kelib temiryo'lchilar Pfl turnir jadvalining 13-pog'onasida turibdi. Bu pog'ona "Loko"ni aslo qoniqtirmaydi. Chunki 13-pog'ona birinchi ligaga yo'ldir. Shularni inobatga olib aytadigan bo'lsak uchrashuv qiziqarli kechishi va "qaldirg'ochlar"ning ochko yo'qotishini kutsak bo'ladi. Savol tug'ilishi mumkin "Hadeb "Bunyodkor" ochko yo'qotaveradimi?-degan. Ha yo'qotishi mumkin. Men tepadagilarni "Bunyodkor"ning hozirgi ahvolidan kelib chiqqan holda yozdim. Shu ikki tur ko'p narsalarga oydinlik kiritadi. "Paxtakor" g'alaba qozonishda davom etib "Bunyodkor"
ochko yo'qotsa "sherlar"ning chempionlik umidi yanada oshadi. Bu turlardan keyin 24-turda "Paxtakor"-"Navbahor", "Sho'rtan"-"Bunyodkor"; 25-turda "Dinamo"-"Paxtakor", "Bunyodkor"-"Metallurg" va nihoyat so'nggi 26-turda asosiy o'yin "Paxtakor"-"Bunyodkor" uchrashuvlari bo'lib o'tadi. DERBIga ikki jamoaning qanday ahvolda yetib borishi no'malum. Balki shu DERBI oltin o'yin bo'lar, balki oddiy rasmiyatchilik uchun o'tar buni vaqt ko'rsatadi. Hullas, "PAXTAKOR" chempionlik uchun kurashda davom etadi!
Fikrlaringizni chatda yozib qoldiring! D.Ne'matov
538